Londonda noma’lum shaxs uch kishini pichoqladi

Olam

image

Joriy yilning 20 yanvarga o‘tar kechasi Londonda noma’lum erkak kishi uch odamni pichoqladi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida ular nobud bo‘lishgan. Voqea shaharning shimoli-sharqiy qismida ro‘y bergan.

Politsiyaning xabar berishicha, halok bo‘lganlarning yoshi 20 dan 30 gachani tashkil etadi. Voqea tafsilotlari chuqur o‘rganilmoqda. Qotil esa qidirilmoqda. Marhumlarning shaxsi aniqlanmoqda, ularning oila a’zolari xabardor qilinmoqda.

Sharqiy mintaqa bosh qo‘mondonlik qo‘mondoni Stiv Kleymanning aytishicha, bu terakt emas. “Ushbu fojiali voqea tergov-surishtiruvi boshlang‘ich bosqichda bo‘lsa ham, aytishim mumkinki, u uch kishining qotilligi bo‘yicha olib boriladi”, degan u.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pichoqbozlik London

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing