London Moskvaning abadiy dushmani – Medvedev 

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev London Moskvaning abadiy dushmani bo‘lgani va shunday bo‘lib qolishini aytdi. Bu haqda u bugun, 31 may kuni Twitter'dagi sahifasida yozdi.

Medvedevning bunday izohlariga Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverlining Kiyev o‘z chegaralaridan tashqarida kuch ishlatish huquqiga ega ekanini aytgan bayonoti sabab bo‘lgan.

“Bizning azaliy dushmanimiz Buyuk Britaniyaning ahmoq amaldorlari shuni yodda tutishlari kerakki, zamonaviy sharoitda urush olib borishni tartibga soluvchi umume’tirof etilgan xalqaro huquq doirasida, shu jumladan, Gaaga va Jeneva konvensiyalari qo‘shimcha protokollari bilan ularning pozitsiyasi ham urush holatida bo‘lishi mumkin”, deb yozgan u.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasiga qarshi e’lon qilinmagan urush olib bormoqda, shuning uchun uning har qanday figurasini qonuniy harbiy nishon sifatida ko‘rish mumkin.

“Bugungi kunda Buyuk Britaniya Ukrainaning ittifoqchisi sifatida harakat qilmoqda, unga texnika va mutaxassislar ko‘rinishida harbiy yordam ko‘rsatmoqda, ya’ni de-fakto Rossiyaga qarshi e’lon qilinmagan urush olib boradi. Bu holatda uning har qanday mansabdor shaxslari qonuniy harbiy nishon sifatida qaralishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya Ukrainaga Challenger 2 tanklari uchun minglab snaryadlar, jumladan, tarkibida uran bo‘lgan o‘q-dorilar yuborgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Moskva Buyuk Britaniyaning Rossiyaga qarshi teraktlar rejalashtirishda ishtirok etganini istisno etmasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya London Medvedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing