London markazida Yelizaveta II haykali o‘rnatiladi

Bu qiziq

image

Angliyaning poytaxti London markazidagi Sent-Jeyms bog‘ida Yelizaveta II haykali o‘rnatiladi. Bu haqda “The Daily Mirror” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yodgorlik 2026 yilda qirolicha tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ochilishi rejalashtirilgan. Yodgorlikni yaratish ustida Yelizaveta II ning sobiq shaxsiy kotibi Robin Jenvrin boshchiligidagi maxsus qo‘mita ishlamoqda.

Nashrning yozishicha, yodgorlikni o‘rnatish rejalari kelasi hafta oxirida rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, qirolicha Yelizaveta II 2022 yilning 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etgandi. 

Qirolichaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar 2021 yil ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

London Elizaveta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made