London klubi Neymarni o‘z safiga chorlamoqda
Sport
−
14 iyul 2023 3914 1 daqiqa
Londonning “Chelsi” klubi yozgi transfer oynasida PSJ hujumchisi Neymarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “ko‘klar” 31 yoshli futbolchi Parij klubini tark etishni istasa, uni sotib olishga tayyor. PSJning o‘zi hali braziliyalik futbolchining taqdirini hal qilgani yo‘q.
Agar klub Kilian Mbappeni “Real”ga sotsa, Neymarning PSJda qolish imkoniyati keskin oshadi. Agar fransuz futbolchisi keyingi mavsumni Parijda o‘tkazsa, u holda klub Neymar transferi bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqadi.
Qayd etilishicha, PSJ mutasaddilari braziliyalik futbolchining jamoadagi yorqin kelajiga shubha qilmoqda. Neymar hozirda jarohatidan keyin reabilitatsiya kursini o‘tamoqda.
Futbolchi o‘tgan mavsum klub safida 29 o‘yinda 18 gol urdi va 17 golga assistentlik qildi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025