Neymar yangi qoidalardan jabrlangan birinchi futbolchi bo‘ldi

Sport

image

Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi va sardori Neymar darvozabonlarning vaqtni cho‘zishini cheklashga qaratilgan tajriba doirasida Braziliya chempionatida maydondan chetlatilgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Liga darvozabon tibbiy yordam olayotgani sababli o‘yin to‘xtatilgan holatlarda yangi qoidani sinovdan o‘tkazmoqda. Unga ko‘ra, murabbiy o‘yin qayta boshlanganidan so‘ng bir daqiqa davomida maydonni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchini tanlashi lozim. Agar murabbiy 10 soniya ichida futbolchini tanlay olmasa, maydonni jamoa sardori tark etadi.

Ushbu qoida ilk bor joriy yilning kecha, 17 avgust kuni “Vasko da Gama” va “Santos” (0:3) o‘rtasidagi uchrashuvda qo‘llanildi.

Mehmonlar darvozaboni Gabriel Brazao tibbiy yordam so‘raganidan so‘ng o‘yin to‘xtatildi. “Santos” bosh murabbiyi 10 soniya ichida maydonni tark etadigan futbolchini tanlamagani sababli hakam Neymarni bir daqiqaga maydondan chetlatdi.

Shu tariqa, Neymar Braziliya chempionatida mazkur yangi qoida asosida bir daqiqaga maydondan chiqarilgan birinchi futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar Jahon chempionatidan so‘ng Braziliya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing