London Kiyevga qurol sotib olish uchun mlrd dollarlik kredit va’da qildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Kiyevga Rossiyaning Ukrainaga qurolli bosqinidan so‘ng muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlaridan tushgan foyda evaziga 2,26 milliard funt sterling (2,71 milliard yevro) miqdorida kredit berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 22 oktyabr kuni Britaniya hukumati tegishli bayonotini e’lon qildi.

Bu miqdor G7 mamlakatlari tomonidan kelishilgan Ukraina uchun 50 milliard dollarlik paketning Britaniya ulushidir. Britaniyaning yangi krediti havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va boshqa qurollarni sotib olishni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jo Xilining ta’kidlashicha, uning mamlakati tomonidan ajratilgan kredit faqat harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan va undan uzoq masofali raketalarga qaraganda uzoqroq masofani bosib o‘ta oladigan dronlarni yaratish uchun foydalanish mumkin.

Ukraina bu pulni Britaniyaning uzoq masofali Storm Shadow raketalarini sotib olish uchun ishlata oladimi, degan savolga Xili shunday javob berdi:

“Ular uzoq masofali dronlardan foydalanishni faol ravishda kengaytirmoqda. Ular biz bilan bu pulni qanday ishlatish va ularga eng zarur bo‘lgan qurollar ustida ishlaydi".

Britaniya Moliya vaziri Reychel Rivz Putinning agressiyasiga qarshi ozodlik uchun kurashayotgan ukrainaliklarga Britaniyaning qo‘llab-quvvatlashi sobit ekanligini va kerak bo‘lganda davom etishini ta’kidladi.

“Bu pul Britaniyaning milliy manfaatlariga mos keladi, chunki bizning mudofaamizning oldingi chiziqlari – demokratiyamiz va umumiy qadriyatlarimizni himoya qilish – Ukraina xandaqlarida yotadi. Xavfsiz va himoyalangan Ukraina xavfsiz va himoyalangan Birlashgan Qirollikdir”, dedi Rivz.

G‘arbning yetti yetakchi sanoat mamlakati (G7) iyun oyida bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foizlardan foydalangan holda Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratishga kelishib oldi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Ukrainaga muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan foyda hisobiga qaytarish sharti bilan G7 krediti doirasida 20 milliard dollargacha mablag‘ ajratishga tayyor ekani xabar qilingandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made