London barcha va’da qilingan zirhli texnikalarni Kiyevga topshirdi

Olam

image

London Kiyevga berishni va’da qilgan 300 dan ortiq zirhli texnika Ukrainaga yetkazildi. Bu haqda bugun, 18 may kuni qirollik Mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi tomonidan parlament so‘roviga e’lon qilingan yozma javobda aytildi.

Ma’lum bo‘lishicha, muxolifatdagi Leyboristlar partiyasining soya kabinetida "mudofaa kotibi" lavozimini egallab turgan Jon Xili barcha va’da qilingan Challanger 2 tanklari, AS90 o‘ziyurar gaubitsalari va Stormer o‘ziyurar zenit qurollari, Bulldog, Spartan va M113 zirhli transport vositalari, Mastiff, Wolfhound va Husky zirhlangan mashinalari, shuningdek, Sanaritan himoyalangan tibbiy transport vositalari Ukrainaga allaqachon o‘tkazilgan yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berishni talab qilgan.

“Ro‘yxatda keltirilgan barcha platformalar Ukrainaga yetkazib berildi. Hammasi bo‘lib, biz Ukrainaga 300 dan ortiq zirhli texnika va himoyalangan mashinalarni topshirdik”, deyilgan Xippining javobida.

Shuningdek, u Kiyev unga yetkazib berilgan jihozlarni ta’mirlash uchun maxsus to‘plamlarini ham olganini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan keyin Londonning Kiyevga bergan harbiy yordamining umumiy miqdori 4,6 milliard funt sterlingga (hozirgi kurs bo‘yicha 5,8 milliard dollar) yetgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Buyuk Britaniya Ukrainaning barcha ittifoqchilari orasida (AQSHdan keyin) ikkinchi o‘rinda turadi. London Ukraina Qurolli Kuchlariga topshirgan harbiy texnikalar orasida 250-300 km masofaga uchadigan "Storm Shadow" havodan uchiriladigan raketalari, M270 raketa tizimlari va Brimstone nozik boshqariladigan raketalari, 14 ta Challanger 2 asosiy jangovar tanklari, shuningdek, uranli snaryadlar ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

London Kiev zirhli texnika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing