Lomachenko uchun faoliyatidagi eng qadrli jang qaysi? 

Sport

image

Uch vazn toifasida sobiq Jahon chempioni, ukrainalik Vasiliy Lomachenko professional ringdagi eng qadrli haqida gapirdi.

33 yoshli bokschining so‘zlariga ko‘ra, venesuelalik Xorxe Linaresga qarshi jangdagi g‘alaba u uchun qadrliroq. Chunki “xay-tek” yengil vazn toifasida birinchi marta Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

“Mening eng sevimli jangim Linares bilan bo‘lgan. Chunki o‘shanda parterga yiqilib, o‘rnimdan tura olgan edim. Boksdan boshqa hayotni bilmayman. Butun umrim davomida boks bilan shug‘ullanganman”, deydi Lomachenko.

Eslatib o‘tamiz, Loma va Linares o‘rtasidagi jang 2018 yilda bo‘lib o‘tgan. Bu Lomachenkoning yengil vazndagi debyut jangi edi. Vasiliy nokdaunga uchragan bo‘lsa-da, o‘ninchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib, WBA unvoniga ega chiqqan.

Ma’lumot uchun, Vasisliy Lomachenko navbatdagi jangini joriy yilning 11 dekabr kuni Richard Kommiga qarshi o‘tkazadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA Prof boks Lomachenko Engil vazn Linares

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing