Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2019 8333 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasi bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati boshlig‘i Rahmonboyeva Lola Samig‘jonovna Qo‘mita raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Lola Raxmonboyeva 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasini tugallagan. Lavozimga tayinlangunga qadar Lola Rahmonboyeva Kun.uz saytining jurnalisti sifatida faoliyat yuritgan.
Raisning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi bir vaqtning o‘zida Qo‘mita Axborot xizmatining boshlig‘i hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025