Liviyaliklarning Haj ziyorati xarajatlarini davlat to‘lab beradi
Olam
−
03 yanvar
2985Liviyaning Milliy birlik hukumati (GNU) 2025 yilda mamlakat fuqarolari uchun Hajning barcha xarajatlarini qoplaydi. Bu haqda Liviya Haj va Umra ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari Sabri al-Buayshiga tayanib, “Africanews” xabar berdi.
Bildirilishicha, mamlakatda bu yilgi Haj to‘lovi har bir kishi uchun 8 ming dollarni tashkil etadi. Jumladan, havo va yer transporti, Makka va Madinadagi ikkita muqaddas masjid yaqinidagi besh yulduzli mehmonxonalarda turarjoy, shuningdek, chiptalar, viza, oziq-ovqat va sovg‘alar. Ularning barchasi esa davlat tomonidan to‘laqonli qoplanadi.
Buayshining qo‘shimcha qilishicha, 1 iyundan boshlab Mitiga, Benin, Sabha, Misurata, Tobruk va Labrak aeroportlaridan Al-Afriqiyah Airlines aviakompaniyasining parvozlari boshlanadi.
Shuningdek, Liviyaning joriy mavsum uchun umumiy kvotadan 1050 ta joy suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlar aholisi uchun, 7800 ta joy shahidlar va bedarak yo‘qolganlar oilalari uchun ajratilgan. Buayshiga ko‘ra, 2025 yilgi Haj mavsumi lotereyasiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, unda Liviyaning barcha mintaqalaridan Haj ziyoratiga borishni xohlovchi fuqarolar ishtirok etadi.
Ushbu qarordan so‘ng, Liviya 2025 yilda davlat ziyorat xarajatlarini to‘liq o‘z zimmasiga oladigan birinchi mamlakat sifatida e’lon qilingan.
LiveBarchasi