Liviyadagi suv toshqinida 2 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi
Olam
−
12 Sentabr 2023
3488Liviyaning shimoli-sharqida halokatli suv toshqini yuz berdi. Derna shahrida ikkita to‘g‘on buzilib, aholi yashaydigan hududga 33 million kub metr suv oqib kelgan. Bu haqda “Euronews xabar berdi.
O‘rta yer dengizining Liviya hududi sohilida kuchli yomg‘ir va chaqmoq chaqib, undan keyin “Daniel” sikloni sodir bo‘ldi. Siklonning oxiri keng ko‘lamli suv toshqiniga olib keldi. Ayniqsa, Derna shahri jabr ko‘rdi, bu yerda bo‘rondan ikki to‘g‘on vayron bo‘ldi va natijada shaharga 33 million kub metr suv oqib tushdi. Suv turar-joy binolarining bir qismini to‘liq qoplagan. Shaharda elektr va aloqa yo‘q, qutqaruvchilar unga yetib bora olmayapti.
Sharqiy Liviya Bosh vaziri o‘rinbosari Usama Hammadning so‘zlariga ko‘ra, toshqin taxminan 2000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Minglab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Qizil yarim oy jamiyati voqeani fojia deb atadi. To‘fon mamlakatdagi ahvolni yanada qiyinlashtirgan.
Ma’lumot o‘rnida, 2011 yilda Kaddafiy rejimi ag‘darilganidan keyin ikki hukumat hokimiyat uchun raqobatlashmoqda: biri sharqda, ikkinchisi esa g‘arbda. Mahalliy aholi esa qashshoqlikda yashashga majbur bo‘lyapti.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi