Liviyada urush tugadimi? Haftar harbiy harakatlarni to‘xtatganini e’lon qildi
Olam
−
30 aprel 2020
4567Liviya milliy armiyasi (LMA) qo‘mondoni marshal Xalifa Haftar mamlakatdagi harbiy harakatlarga chek qo‘yadi. Ammo hujumlarga javob berish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu haqda LMA rasmiy vakili, general-mayor Ahmad al-Mismari ma’lum qildi.
“Do‘st mamlakatlarning chaqirig‘iga javoban, LMA Bosh qo‘mondonligi terrorizm guruhlari tomonidan qilingan har qanday qonunbuzarliklarga zudlik bilan va shafqatsiz munosabatda bo‘lish huquqini saqlab qolgan holda, barcha harbiy harakatlar bir tomonlama to‘xtatilishini e’lon qiladi“, deydi al-Mismaridan.
Ushbu bayonot 27 aprelda, LMA davlatni nazorat ostiga olganidan ikki kun o‘tgach e’lon qilindi. Shu bilan birga, Haftar, xalqning xohish-irodasiga muvofiq doimiy fuqarolik hokimiyatlarini yaratish ustida ishlashga va’da berdi.
Marshalning qarori aksariyat davlatlar tomonidan salbiy qabul qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liviyadagi kelishuv bo‘yicha siyosiy kelishuvni qo‘llab-quvvatlayotganliklarini va harbiy yo‘l bilan erishilgan har qanday o‘zgarishlarga qarshi ekanliklarini bildirdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Moskva LMA qo‘mondoni tomonidan “hozir Liviya xalqi qanday yashashini o‘zi hal qiladi“ degan bayonotini ma’qullamaydi.
LiveBarchasi