Liviyada portlash: 23 kishi qurbon bo‘ldi, 140 kishi yaralandi

Olam

image

Liviya poytaxti Tripolida kecha, 27 avgust kuni portlash va otishma ovozlari eshitildi. Keyinchalik portlashlar Tripolidan g‘arbda joylashgan Janzur shahrida davom etgan. Bu haqda “Al Jazeera” telekanali xabar bergan. 

Qayd etilishicha, ikki qarama-qarshi qurolli guruh o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Ulardan biri Liviya Milliy Birlik Hukumatining amaldagi rahbari Abdul-Hamid Dibeybani qo‘llab-quvvatlaydi, u mamlakatda saylovlar o‘tkazilmaguncha hokimiyatdan voz kechmoqchi emas. Ikkinchi guruh parlament tomonidan tayinlangan Bosh vazir Fethi Bashagu tomonida.

Liviya poytaxti Tripolida qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘lgan, 140 kishi yaralangan. 

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 83 nafar jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, to‘qnashuv sodir bo‘lishidan bir kun oldin BMT Liviyadagi voqealarni xavotir bilan kuzatib borayotganini aytib, barcha manfaatdor tomonlarni xalq manfaatlariga e’tibor qaratishga chaqirgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Liviyada bir muncha vaqtdan beri Abdulhamid Dibeybe va Fethi Bashaga boshchiligidagi ikkita alohida hukumat faoliyat yurityapti. Mavjud vaziyat mamlakat yana zo‘ravonliklar girdobiga tortilishi xavfini yuzaga keltiryapti.

Fethi Bashaga 24 avgust kuni Dibeybaga yo‘llagan bayonotida uni muddati tugagan vakolatlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing