Liviyada favqulodda holat e’lon qilinadi, Hukumat tarqatib yuborilishi kutilmoqda

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tan olingan Liviya milliy kelishuv hukumati rahbari Fayyoz al-Sarraj mamlakat Vazirlar Mahkamasi tarkibini o‘zgartirish rejalarini e’lon qildi. 

Mahalliy televideniye efirida al-Sarraj mamlakatdagi inqirozga e’tibor qaratdi. 

“Davom etayotgan inqiroz fonida, men mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishni rad etmayman. Hukumat tarkibi bugungi kun talablariga javob bermagani uchun qayta ko‘rib chiqiladi", dedi al-Sarraj. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Liviya rahbariyati mamlakatda tartibsizliklarga yo‘l qo‘ymaydi. 

"Biz qonuniy hokimiyat sifatida, mamlakatda ro‘y berayotgan voqealar uchun javobgarlikni tan olamiz, garchi biz uning butun hududini nazorat qila olmayotgan bo‘lsak ham", deydi Liviya Bosh vaziri. 

Bosh vazir Liviya muammolarini bartaraf etishning yagona yo‘li siyosiy jarayon va saylovlar orqali amalga oshirilishini ta’kidladi.  

"Biz Liviyadagi barcha tomonlar rozi bo‘lgan har qanday kelishuvni tan olishga tayyormiz", deydi u. 

Al-Sarrajning ta’kidlashicha, bir qator doiralar saylov o‘tkazish g‘oyasidan norozi. 

Bosh vazir, shuningdek, vatandoshlarini mamlakatdagi vaziyatni keskinlashtirishga qaratilgan fitnalarga nisbatan sergak bo‘lishga chaqirdi.

“Davlat tuzilmalari yig‘ilishlar erkinligini ta’minlashga tayyor. Biroq, har qanday fitna va zo‘ravonlikka urinish og‘ir oqibatlarga olib keladi", deya ogohlantiradi u. 

Liviya Bosh vaziri Liviya aholisining farovonligini keskin pasaytirgan neft sanoatiga bosim o‘tkazishda mamlakat sharqidagi noqonuniy qurolli guruhlar etakchisi Xalifa Xaftarni aybladi. 

Liviya kelishuvi

Liviya Bosh vaziri Fayez as-Sarraj va Xalifa Xaftarning siyosiy ittifoqchisi, Tobrukdagi Vakillar palatasi rahbari Oqila Solih 21 avgust kuni mamlakatda sulh tuzish to‘g‘risida kelishuvni e’lon qildi. 

Kelishuvga muvofiq, Sirte va Jufra mintaqalari demilitarizatsiya qilingan zonalar deb e’lon qilindi. Shuningdek, Liviyada neft qazib olish va eksportni tiklash, xorijiy yollanma ishchilarni mamlakatdan olib chiqish va 2021 yil martida saylovlar o‘tkazish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Fayyoz al-Sarraj

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing