Liviya poytaxti Tripoliga hujum boshlandi

Olam

methode_times_prod_web_bin_17478db8-56f1-11e9-b872-7488e2315159

Liviya milliy armiyasi (LMA) marshal Xalifa Hafrat qo‘mondonligida mamlakat poytaxti Tripoli shahrining janubidagi bir nechta rayonlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda RIA Novosti LMAdagi manbasiga asosan xabar berdi.

Xalifa Haftar Liviya poytaxti Tripoli shahrini terrorchilardan tozalash uchun hujum boshlagani haqida "Al Hadath" telekanali xabar bergandi. Marshal Haftar shaharni 48 soatda egallashni rejalashtirgan.

“Ayni vaqtda shahar ko‘chalari bo‘sh, aftidan, barcha shahar aholisi uni tark etishni afzal ko‘rgan. LMA hozirgacha bir necha tumanlarni egalladi, masalan, Janzur va Al-Svani. Bular Tripoli janubi-g‘arbida”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozircha to‘qnashuvlar bo‘lmagan. Faqatgina kichik guruhlarning hujumlari kuzatilgan.

Tripolini nazorat qiluvchi Liviya Milliy birdamlik hukumati o‘z bo‘ysunuvidagi harbiylarni yuqori darajali harbiy tayyorgarlik holatiga keltirgan.

Liviyadagi vaziyat

2011 yilda Liviyada Muammar Qazzofi hokimiyati ag‘darilib, o‘zi o‘ldirilgach mamlkatda siyosiy inqiroz boshlangan. Liviyada hozirgacha qo‘shhokimiyatchilik hukm suradi.

Sharqda saylangan parlament hokimiyati o‘rnatilgan bo‘lsa, Tripoli va g‘arbni BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan Faiz Sarroj boshliq Milliy birdamlik hukumati boshqaradi.

Sharqdagi hukmron doiralar rasmiy Tripolidan mustaqil va LMA qo‘mondoni Haftar bilan hamkorlik qiladi. Xalifa Haftar jangarilar bilan eng uzoq davom etgan urushga boshchilik qilyapti.

BMT 2019 yil bahorida Liviyada umumiy saylov o‘tkazishni taklif qilyapti. Saylov orqali qonuniy va barcha tan oladigan hokiyat organlarini shakllantirish maqsad qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Liviya Xalifa Haftar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing