“Liverpul” sobiq “Real” a’zosi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

Sport

image

“Real Sosedad”ning 23 yoshli vingeri Takefusa Kubo faoliyatini Angliyaning “Liverpul” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yaponiyalik futbolchining “Real Sosedad” bilan shartnomasida sotib olish variantini faollashtirishga tayyor, buning uchun “qizillar” rahbariyati allaqachon Kubo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. 

Qayd etilishicha, “Real Madrid” futbolchining kelajakdagi sotuvining 50 foizini o‘zida saqlab qoladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Kubo barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Takefusa Kubo Real Sos'edad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing