“Liverpul” klubi sotilishi mumkin
Sport
−
10:02 1879 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” klubiga egalik qiluvchi Amerikaning Fenway Sports Group investitsiya kompaniyasi Mersisayd klubidagi ma’lum bir ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “The Financial Times” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, xaridor Britaniya–Hindistonlik biznesmen va Angliyaning “Kuinz Park Reynjers” klubi egasi Amit Bhatiya boshchiligidagi investorlar konsorsiumi bo‘lishi mumkin.
Fenway Sports Group konsorsium bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan, biroq hozircha tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuvga erishilmaganini ta’kidlagan.
Agar kelishuv amalga oshsa, klubning bahosi 6 milliard dollardan ortiq bo‘lishi mumkin. Bu esa uni sport tarixidagi eng yirik bitimlardan biriga aylantiradi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” “Manchester Yunayted” bilan birgalikda Angliya chempionatida eng ko‘p – 20 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan klub hisoblanadi. Shuningdek, mersisaydliklar Yevropa Chempionlar ligasida 6 marta g‘olib chiqqan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Angliya klublari orasida rekordchi hisoblanadi.
Live
Barchasi