“Liverpul” keyingi mavsum YeCHLda qatnashmaydi

Sport

image

“Liverpul” klubi Angliya chempionati turnir jadvalida “Manchester Yunayted”ga yetib olish va APLning kuchli to‘rtligiga kirish imkoniyatini yo‘qotdi.

“Manchester Yunayted” chempionatning 37-turida  “Chelsi”ni mag‘lub etdi (4:1). MYU 37 ta turda 72 ochko jamg‘ardi. Yurgen Klopp shogirdlari hisobida esa 66 ochko mavjud.

Nemis murabbiyi birinchi marta klubdagi to‘liq mavsumida “Liverpul”ni Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqa olmadi.

Klopp 2015/16 yilgi mavsumda “mersisaydliklar”ni qabul qilib olgandi, o‘shanda “Liverpul” APLda 8-o‘rinni egallagandi.

Klopp qo‘l ostida “Liverpul” ketma-ket olti mavsum Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘l oldi. Musobaqaning ushbu segmentida “qizillar” uch marta finalga chiqdi va bir marta g‘olib bo‘ldi.

Kelgusi Yevropa Chempionlar ligasida Angliya sharafini “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Nyukasl” va “Manchester Yunayted” jamoalari himoya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Yunayted N'yukasl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing