“Liverpul” qishda katta transferlarni rejalashtirmoqda

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” klubi qishki transfer oynasida tarkibini kuchaytirish uchun jami 230 million funt sterling sarflashni rejalashtirmoqda. Klub maqsadi yarim himoya va himoyadagi bo‘shliqlarni to‘ldirish. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra “Liverpul”  yozgi transferlar oynasidagi xaridlardan ko‘ngli tolmagan. Jamoa ketma-ket muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan keyin yana Premer-ligada va Chempionlar ligasida raqobatbardosh bo‘lishni xohlaydi.

Klubning asosiy transfer maqsadlari quyidagilar:

Eduardu Kamavinga (“Real Madrid”)  dinamik, yosh va maydonni yaxshi qamrab oluvchi yarim himoyachi. Ingliz klubi futbolchining xizmatlari uchun taxminan 60 million funt sarflashga tayyor.

Vitinya (PSJ)  kreativ va hujumkor yarim himoyachi, transfer narxi 90 million funt atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Uning kelishi jamoaning o‘yin yaratish qobiliyatini oshiradi deb qaralmoqda.

Alessandro Bastoni (“Inter”) 25 yoshli markaziy himoyachi, Virjil van Deykning tabiiy vorisi sifatida ko‘rilmoqda, Bastonining narxi 80 million funt atrofida baholangan.

Murabbiylar shtabi yangi o‘yinchilarni jamoa dinamikasini buzmasdan birlashtirishni maqsad qilgan. Klub transferlar orqali muvozanat, kuch va barqarorlikni ta’minlashni ko‘zlamoqda.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” jamoasi oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan 7 ta uchrashuvning 5 tasida mag‘lubiyatga uchradi. Mersisaydliklarni oldinda Chempionlar ligasi doirasida “Real Madrid” bilan bahs kutib turibdi. Ushbu uchrashuv joriy yilning 5 noyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” 230 million funt sterling Eduardu Kamavinga Vitin'ya Alessandro Bastoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing