“Liverpul” futbolchisi “Real”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Liverpul” jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda nashri “Top skillsport UK” nashri xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, vengriyalik futbolchi haftasiga taxminan 350 ming funt sterling maosh ko‘zda tutilgan madridliklar taklif shartlariga rozilik bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Soboslaining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Ingliz klubi futbolchini sotish niyatida emas va yarim himoyachining jamoada qolishiga ishonch bildirmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Soboslai “Liverpul”ga shunga yaqin miqdorda maosh so‘ragan, biroq klub bu so‘rovga rasman javob bermagan.

Agar Dominik Soboslai “Real”ga o‘tish jarayonini boshlasa, transfer narxi masalasi mersisaydliklarning pozitsiyasiga bog‘liq bo‘ladi, chunki hozircha hech qanday moliyaviy talablar rasman bildirilmagan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda vengriyalik yarim himoyachi “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” Dominik Soboslai “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing