Livandan Isroilga raketa uchirildi. 11 kishi yaralandi (video)
Olam
−
02 noyabr
6517Livandan Isroilga raketa uchirildi. Havo hujumi oqibatida 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda bugun, 2 noyabr kuni “The Jerusalem Post” nashri xabar berdi.
Isroil Mudofaa kuchlari uchta raketa Livandan Isroilga o‘tganini aytdi. Ular bitta raketa Isroil hududiga urilganini tasdiqladi.
Gazetaning xabar berishicha, hujum paytida bir necha kishi Tir shahridagi binoda qolib ketgan.
Hujumda 11 kishi jabrlangan, ularning barchasi Isroildagi tibbiy markazlarga evakuatsiya qilingan. Uch nafari o‘rtacha, sakkiz nafari yengil tan jarohati olgan. Bundan tashqari, yana yetti nafariga joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanning “Hizbulloh” harakati Binyamin Netanyaxuning qarorgohiga hujum qilgandi. Harakat tomonidan uchirilgan dron Isroil Bosh vazirining Tel-Aviv shimolidagi Keysariya shahridagi shaxsiy qarorgohiga borib urilgandi. Dron hujum qilgan paytda Netanyaxu qarorgohda bo‘lmagan, shuningdek, boshqa jarohat olganlar ham mavjud emas. Isroil OAV harbiylar tomonidan qo‘yilgan taqiq sababli, zarar va ehtimoliy jabrlanganlar haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Mamlakat qo‘shinlarining iqror bo‘lishicha, dron kirib kelganida havo mudofaasi tizimi uni to‘xtata olmagan. Hatto dron harbiy vertolyot yaqinidan uchib o‘tgan.
LiveBarchasi
04 noyabr