Livandagi mojaroga Eron aralashsa, AQSH Isroilga yordam bera olmaydi – AQSH generali
Olam
−
24 iyun
12188AQSH “Hizbulloh” bilan urushda Isroilga yordam bera olmaydi. Bu haqda birlashgan shtab boshliqlari rahbari Charlz Braun 24 iyun kuni ma’lum qildi.
General Braun Isroildan urush mintaqaga va AQSH kuchlariga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylashni so‘radi. Uning taxminlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar aprel oyida Eron uchuvchisiz uchoqlari hujumiga qarshilik ko‘rsatgani kabi, Isroilni Hizbulloh bilan keng ko‘lamli urushdan himoya qila olmasligi mumkin. Sababi, Braun Eron “Hizbulloh”ni qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq moyil bo‘lishini aytdi.
“Islom respublikasi “Hizbulloh”ga jiddiy tahdid mavjudligini his qilsa, uning ortida qattiqroq turadi. Bu esa ular Xamasni qo‘llab-quvvatlaganidan ancha jiddiyroq bo‘ladi. Bundan tashqari, Isroilning Livanga qilgan har qanday harbiy hujumi AQSH kuchlarini xavf ostiga qo‘yib, kengroq urush boshlanishiga olib kelishi mumkin”, deydi harbiy mulozim.
Braunning ta’kidlashicha, “Hizbulloh”ning Isroil chegarasi orqali otgan qisqa masofali raketalariga qarshi turish juda qiyinligini aytdi. Bundan tashqari, agarda eskalatsiya yuzaga kelgan taqdirda, harbiy ma’muriyat uchun AQSH kuchlari xavfsizligini ta’minlash birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun, ayni damda Qo‘shma Shtatlar Isroilni Livan bilan urushga kirishdan ogohlantirishda davom etmoqda.
"Livandagi har qanday turdagi operatsiya ta’sirining ikkinchi tartibi va bu qanday amalga oshishi nafaqat mintaqaga, balki mintaqalardagi kuchlarimizga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylab ko‘ring", deydi Braun.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning BMTdagi missiyasi Isroilni Livanning “Hizbulloh” harakatiga qarshi keng qamrovli urush olib borish oqibatlari haqida ogohlantirib, agar urush bo‘ladigan bo‘lsa, “Hizbulloh” Isroilni “yo‘q qilishi”ni ta’kidlagandi.