Litvadagi saylovda sotsial-demokratlar g‘alaba qozondi

Olam

image

Litvada kecha, 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida muxolifatdagi Litva sotsial-demokratik partiyasi (LSDP) ko‘pchilik ovozlarni oldi. Bu haqda mamlakatning Bosh saylov komissiyasi xabar berdi.

Sotsial-demokratlar ikki tur natijalariga ko‘ra, parlamentdagi 141 o‘rindan 52 o‘ringa egalik qiladi. Hukmron “Vatan ittifoqi – Litva xristian-demokratlari” konservativ partiyasi – 28 o‘rinni, “Zarya Nemunas” partiyasi – 20 o‘rinni, “Litva uchun” demokratik ittifoqi – 14 o‘rinni oladi. Litva dehqonlari ittifoqi – sakkiz mandatga egalik qiladigan bo‘ldi.

Sotsial-demokratlar yetakchisi Viliya Blinkyavichyute partiya qarorgohida olqishlar bilan kutib olingan. Uning ta’kidlashicha, saylov natijalari Litva aholisi qayerda yashashidan qat’i nazar o‘zgarishlarni xohlashini, ularga mutlaqo boshqa hukumat kerakligini ko‘rsatgan.

Bosh vazir Ingrida Shimonite boshchiligidagi “Vatan ittifoqi – Litva xristian-demokratlari” hukmron konservativ partiyasi avvalroq 28 mandat olgan parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi. Partiya yetakchisi, mamlakatning Tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis allaqachon o‘z partiyasi mag‘lubiyatini tan olgan va sotsial-demokratlarni g‘alaba bilan tabriklagan.

Qayd etilishicha, mamlakatda inflyatsiya oshgani, davlat xizmatlari yomonlashgani va boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut oshgani sababli o‘ng markazchi koalitsiyaning nufuzi pasaygan. Sotsial-demokratlar o‘zlarining saylovoldi kampaniyasi doirasida ichki va ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratgan.

Blinkyavichyute Yevroparlament a’zosi lavozimini tark etishi va Litva hukumatini boshqarishi kutilmoqda, biroq uning o‘zi hozirgacha jurnalistlarning bu boradagi savollariga aniq javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva Tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis Rossiya Shimoliy Koreya askarlarini urushda ishtirok etish uchun jalb qilganidan so‘ng, Ukrainaning G‘arb ittifoqchilarini ham qo‘shin yuborish g‘oyasiga qaytishlari kerakligini aytgandi. Sababi Rossiya bilan bevosita chegaradosh bo‘lgan 2,8 million aholiga ega sobiq Sovet respublikasi, agar Moskva Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonsa, Rossiya agressiyasining navbatdagi nishoniga aylanib qolishidan qo‘rqadi. Shu bois, Litvaning barcha yirik tomonlari Ukrainaga ko‘proq yordam berish va mudofaa xarajatlarini saqlab qolish yoki hatto oshirish tarafdori.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Litva sotsial-demokratik partiyasi Viliya Blinkyavichyute

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing