Litvada o‘zbekistonlik erkak 2 kishini pichoqladimi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 26 fevral kuni Litvaning Shyaulyay shahrida joylashgan “Vishinskiy” mehmonxonasida bir o‘zbek ikki nafar shaxsni pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan O‘zbekistonning Litvadagi elchixonasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, elchixona tomonidan Litvaning vakolatli idoralari bilan olib borilgan o‘rganishlar natijasida Shyaulyay shahrida joylashgan “Vishinskiy” mehmonxonasida O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq bunday holat yuz bermagani aniqlangan.

“Hurmatli OAV vakillari va vatandoshlar, Sizlardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarni ochiq internet tarmoqlari orqali tarqatmaslikni so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir 42 yoshli hamyurtini pichoqlagan edi. Hodisaga erkak o‘smir – xotinining o‘g‘li bilan til topisha olmagani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Litva pichoq Shyaulyay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing