Litvada SSSR sobiq mudofaa vaziriga 10 yil qamoq jazosi tayinlandi
Olam
−
27 mart 2019
7416Bugun, 27 mart kuni Litva poytaxti Vilnyus shahri okrug sudi sobiq Sovet Ittifoqi Mudofaa vaziri Dmitriy Yazovni sirtdan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Sud Ittifoq Davlat xavfsizlik qo‘mitasining sobiq ofitseri Mixail Golovatovga ham hukm chiqardi. U 12 yilga sirtdan ozodlikdan mahrum qilindi.
Dmitriy Yazov harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblandi. Shuningdek, sobiq vazir 1991 yil 13 yanvardagi tartibsizliklar bo‘yicha ham aybdor deb topildi.
Ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa ayblanuvchilarga ham tayinlandi. Rossiya, Belarus va Ukrainaning jami 67 nafar fuqarosi “sovet agressiyasini qo‘llashda” aybdor deb topildi. Sud oldiga faqatgina ikki nafar Rossiya fuqarosi chiqarildi, qolganlarga sirtdan hukm o‘qildi.
94 yoshli Yazov 1990 yil oxirida 160 nafar harbiy va siyosatchilardan iborat guruh tuzganlikda ayblangan. Guruh Litvani Sovet Ittifoqi tarkibiga qaytarish maqsadida tuzilgani iddao qilingan.
LiveBarchasi