Litvada ham parlament saylovlari bo‘lib o‘tyapti
Olam
−
27 Oktabr
1404Litvada bugun, 27 oktyabr kuni bir palatali parlament – Seymga saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ovoz berish natijalari parlamentdagi o‘rinlarning ikkinchi yarmi taqdirini belgilab beradi.
Oktyabr oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan birinchi turda barcha partiyalardan ko‘proq o‘rin olgan muxolifatdagi sotsial-demokratlar yana 35 o‘rinni qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Bu ularga hozirda hukmronlik qilayotgan “Vatan ittifoqi – Litva xristian-demokratlari” konservativ partiyasini yetakchilik lavozimidan chetlatish imkonini beradi.
“Sotsial-demokratlarning g‘alabasi ichki siyosatda o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin, biroq Litvaning barcha yirik partiyalari tashqi siyosatda deyarli bir xil pozitsiyada”, deya ta’kidlaydi AFP.
Rossiya bilan bevosita chegaradosh bo‘lgan 2,8 million aholiga ega sobiq Sovet respublikasi, agar Moskva Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonsa, Rossiya agressiyasining navbatdagi nishoniga aylanib qolishidan qo‘rqadi. Shu bois, Litvaning barcha yirik tomonlari Ukrainaga ko‘proq yordam berish va mudofaa xarajatlarini saqlab qolish yoki hatto oshirish tarafdori.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr