Litva Ukrainaga 10 mln yevrolik qurol topshirdi 

Olam

image

Litva Ukrainaga qiymati 10 million yevroga teng og‘ir minomyotlar partiyasini topshirdi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi Mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas ma’lum qilgan.  

“Biz Ukrainaga harbiy yordam jo‘natdik — og‘ir minomyotlarni topshirdik, ularning sonini aytmaymiz. Qurollarning qoldiq qiymati o‘n millionlab yevroga baholanmoqda”, degan u.

Mudofaa vazirining ta’kidlashicha, Vilnyus muntazam ravishda Kiyevga qurol va o‘q-dorilar yuborib turadi.

“Hatto hamma narsani nomini aytish qiyin. Taxminan bir oy oldin men 35 ga yaqin pozitsiyani sanab chiqdim. Nafaqat Stinger raketa tizimlari, balki boshqa havoga qarshi, tankka qarshi qurollar, granatalar, pulemyotlar, avtomatlar, aloqa vositalari yuborildi”, degan Anushauskas. 

Litva 2014 yilda Kiyevni “qurol elementlari” bilan ta’minlaganini rasman tan olgan NATOning birinchi davlati bo‘lgan. Joriy yilning fevral oyida Ukraina Litvadan Stinger raketa tizimlari partiyasini olgan. Aprel oyi boshida aytilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina inqirozi boshlanganidan beri Vilnyusning Kiyevga ko‘rsatgan yordami qiymati taxminan 50 million yevroni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing