Litva Rossiyaga qarshi cheklovlarni kengaytirdi

Olam

image

Bugun, 11 iyul kuni Litva Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Kaliningradga tranzit qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi Litva bojxona idorasiga tayanib xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi cheklovlar alkogol, alkogol asosidagi sanoat kimyoviy moddalari, yog‘och va sementga nisbatan ilgari e’lon qilingan Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga bosqichma-bosqich kuchga kirganidan keyin joriy qilingan.

Shu bilan birga, bojxona boshqarmasi Kaliningrad tranziti va uning qo‘shimchalari bo‘yicha Vilnyus o‘z harakatlarida amal qiladigan Yevropa Ittifoqi reglamentining raqamlarini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Litva Respublikasi 18 iyun kuni sanksiyalangan tovarlarning tranzitini to‘xtatdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Kreml Vilnyusning xatti-harakatlari noqonuniy va xalqaro kelishuvlarga zid ekanligini ta’kidladi. Litva hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, o‘z navbatida, mamlakat hech qanday bir tomonlama yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmaganini, faqat “sanksiyalarni izchil qo‘llayotganini” ta’kidladi.

Iyun oyi oxirida “Reuters” agentligi YeI Moskva bilan ziddiyatni yumshatish uchun Litva orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit cheklovlarini bekor qilish niyatida ekanini xabar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Litva

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing