Litva mudofaa ehtiyojlari uchun qo‘shimcha 7 mln yevro ajratdi

Olam

image

Litva hukumati ustuvor milliy mudofaa tizimlari uchun yana 7 million yevro ajratdi. Bu haqda LRT xabar berdi.

Bildirilishicha, mablag‘lar Mudofaa vazirligiga ajratiladi va Litvaga kelgan NATO ittifoqchilari uchun zarur bo‘lgan harbiy harakatchanlik loyihalarini, harbiy va fuqarolik infratuzilmasini, shuningdek, mudofaa qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa milliy mudofaa loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Iyun oyi oxirida hukumat qo‘shimcha 136 million yevro ajratdi va bu yil mudofaa sohasini moliyalashtirishni YAIMning 3,03 foiziga yetkazdi.

Litva Moliya vaziri Gintare Skayste o‘tgan haftada Mudofaa vazirligi ehtiyojlariga qarab, bu yil moliyalashtirish oshirilishi mumkinligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Litva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made