Litva, Latviya va Polsha rahbarlari Lukashenko bilan suratga tushishdan “hazar qildi”
Olam
−
02 dekabr 2023
12260Litva, Latviya va Polsha Prezidentlari Dubaydagi iqlim sammitida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan suratga tushishdan bosh tortdi. Bu haqda LRT xabar berdi.
Qayd etilishicha, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda suratga olish jarayonida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ishtirok etgani sababli Dubayda bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim bo‘yicha COP28 konferensiyasida ishtirok etuvchi davlatlar rahbarlari bilan birgalikda suratga tushishdan bosh tortgan.
“Bu oilaviy surat deb ataladi. Lukashenko bizning oiladan emas”, degan Nauseda.
Shuningdek, Litva rahbari suratda Lukashenkoning yonida turish ikkiyuzlamachilik, deb hisoblanishini aytgan.
“Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzi uchun tramplinga aylangan davlat rahbari bilan yelkama-yelka turib, dunyo kelajagi va iqlim o‘zgarishini hech narsa bo‘lmagandek muhokama qilish ikkiyuzlamachilik bo‘lardi. Belarus rejimi kelajak dunyosini yo‘q qilishga hissa qo‘shadi va Rossiya bilan birgalikda Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar uchun javobgardir - odamlarning qurbon bo‘lishidan tortib, atrof-muhitga halokatli ta’sirigacha”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Bundan tashqari, Litva Prezidenti bilan birga Latviya va Polsha rahbarlari – Edgars Rinkevich va Anjey Duda birgalikda suratga tushishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashish uchun Dohaga borganida uni aeroportda kutib olishi kerak bo‘lgan rasmiylar kechikkani yoki ataylab kelmagani uchun samolyot trapida yarim soat kutishga majbur bo‘lgandi.
LiveBarchasi