Litva hukumati Lobodaga taqiq qo‘ymoqchi
Madaniyat-san’at
−
25 noyabr 2022
9236Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Latviyaga ko‘chib o‘tgan ukrainalik xonanda Svetlana Loboda boshqa bir Boltiqbo‘yi mamlakatida “persona non grata” (istalmagan shaxs) deb e’lon qilishini mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.
Gap shundaki, Rossiyadan qochgan Loboda Ukrainada emas, Latviyada qo‘nim topdi, ammo u kuylagan qo‘shiqlarning asosiy qismi rus tilida. Lobodaning Ukraina pasporti bilan sanksiyalardan holi ravishda Boltiqbo‘yi mamlakatlarida gostrolma-gastrol yurishi esa Litva hukumatiga yoqmayotgan ko‘rinadi. Litva Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Paulina Levitskayte OAV bilan suhbatda aynan Loboda mavzusiga to‘xtalib o‘tgan.
“Ukrainalik hamkasblarimiz bilan maslahatlashganimizdan so‘ng, biz qo‘shiqchini “persona non grata” ro‘yxatiga qo‘shamiz”, degan u.
Shuningdek, Litva Madaniyat vaziri Simonas Kayris Lobodaning Rossiya harakatlariga nisbatan pozitsiyasini tushunarsiz, deb atagan va Latviyadagi ayrim tashkilotchilarning o‘zi Lobodaning mamlakatdagi chiqishlarini bekor qilganini aytib, litvalik shou-biznes vakillari o‘z hamkasblaridan o‘rnak olishi kerakligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Svetlana Loboda Urushgacha Rossiyada birinchi raqamli artist bo‘lganini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, Svetlana Loboda 1982 yilning 18 oktyabr kuni Ukrainaning Irpen shahrida tug‘ilgan. U 2002 yilda xonandalik faoliyatini boshlagan. 2004 yilda “Gra” vokal-cholg‘u ansambli tarkibida ijod qilgan. 2009 yilda “Yevronigoh” tanlovida Ukraina nomidan ishtirok etgan. U tomonidan ijro etilgan “Tvoi Glaza”, “Sluchaynaya”, “Rodnoy” va “SuperSTAR” kabi qo‘shiqlar O‘zbekistonda ham mashhur.
LiveBarchasi