“Lion” “Real” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

Sport

image

Fransiyaning “Lion” klubi “Real Madrid” hujumchisi Endrikni mavsum oxirigacha ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olganini rasman tasdiqladi. Tomonlar braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi va u mavsumning qolgan qismini “Lion” safida o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Endrik bir necha hafta avval “Lion” bilan kelasi olti oy davomida jamoada to‘p surish borasida kelishuvga erishgan. Sababi, “Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso uni jamoaning yaqin rejalari qatoriga kiritmagani aytilmoqda. Rasmiy e’lon qilinishidan bir necha soat oldin tomonlar shartnomaning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilib olishgan. “Lion” klubi futbolchini ijaraga olish uchun taxminan 1 million yevro to‘lagan.

“Lion” ijara shartnomasiga futbolchini to‘liq sotib olish bandini kiritishni istagan, biroq “Real Madrid” bunga rozi bo‘lmagan. Madridliklar Endrik kelajakda muhim futbolchiga aylanishi va “Santyago Bernabeu”da istiqboli borligiga ishonishmoqda.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy yilning 29 dekabr kuni yangi jamoasiga qo‘shiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” Endrik “Lion”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing