Lindsi Gremning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
13 iyul 8481 1 daqiqa
AQSH senatori Lindsi Grem ateroskleroz oqibatida yuzaga kelgan aorta yorilishi sabab vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kolumbiya okrugi sud-tibbiy ekspertiza idorasi e’lon qilgan dastlabki xulosasida keltirilgan.
AQSHning Janubiy Karolina shtatida saylangan respublikachi senator Lindsi Gremning o‘limiga ateroskleroz fonida rivojlangan aorta diseksiyasi (aortaning yorilishi) sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, 71 yoshli senator joriy yilning 11 iyul oqshomida Vashingtondagi uyida qisqa va to‘satdan yuzaga kelgan xastalikdan so‘ng vafot etgan. Biroq toksikologik va mikroskopik tekshiruvlar yakunlangach, o‘lim to‘g‘risidagi yakuniy xulosa e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, Lindsi Grem AQSH Kongressida 30 yildan ortiq faoliyat yuritgan. U 1995–2003 yillarda Vakillar palatasi a’zosi, 2003 yildan buyon esa Senat a’zosi bo‘lib ishlagan. So‘nggi yillarda Senatning Byudjet qo‘mitasiga raislik qilgan va yaqinda beshinchi muddat uchun Respublikachilar partiyasi praymerizida g‘alaba qozongan edi.
Senator vafotidan bir kun avval Ukrainaga tashrif buyurib, Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qilgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Gremning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, uni mamlakatning eng nufuzli senatorlaridan biri deb atagan. Shuningdek, Tramp joriy yilning 18 iyuliga qadar federal binolarda davlat bayroqlarini yarim ustunga tushirishni buyurgan.
Live
Barchasi