Liftlarni ta’mirlash va yangilashga mablag‘lar byudjetdan ajratiladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “2021-2027 yillarda respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini ta’mirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Hujjat bilan 2021-2027 yillarda ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash dasturi tasdiqlandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga quyidagilar topshirildi:

•    dasturning o‘z vaqtida amalga oshirilishini monitoring qilish;
•    ko‘p kvartirali uylardagi lift uskunalariga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning zamonaviy uslublarini joriy qilish;
•    ko‘p kvartirali uylarda joy mulkdorlarining qulay va xavfsiz yashashini, favqulodda vaziyatlarning oldi olinishini va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
•    lift uskunalarining texnik va avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi zamonaviy raqamli elektron dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Moliya vazirligi bilan birgalikda tegishli loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2020 yil 1 noyabrga kadar mablag‘lar ajratilishini ta’minlash topshirildi. 2021 yildan boshlab esa respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan dastur asosida lift uskunalarini ta’mirlash va yangilash tadbirlari uchun talab qilinadigan mablag‘lar ajratiladi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Liftlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga rioya qilish ustidan nazorat amalga oshiriladi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi liftlarning xalqaro standartlar talablariga javob beradigan va davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan holda o‘rnatilishini nazorat qiladi, shuningdek  yangi liftlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

2021-2027 yillarda jami 2 102 ta ko‘p kvartirali uylarda 84 ta liftni ta’mirlash, 3 478 ta liftni yangisiga almashtirish ko‘zlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet lift

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing