Liftda 11 yoshli qizga buzuq harakatlar qilgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahri sudi liftda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan erkakni 3 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Uchtepa tumani sudi 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan yopiq majlisda voyaga yetmagan bolaga jinsiy jinoyat sodir etganlikda gumonlangan shaxsga nisbatan hukm o‘qigan. 

Sud hukmiga ko‘ra,  gumonlanuvchi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 2-qismi "v" bandi (14 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan aybdor deb topilgan.

"Bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatishning hech bir chorasi qo‘llanmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi", deyiladi xabarda.

Bolalar ombudsmani bugungi kunda O‘zbekiston sudlarida bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanib borayotganini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing