Levandovski Barselonadan ketadimi?

Sport

image

“Barselona”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Ispaniya klubidagi kelajagi haqida bir qarorga keldi. Bu haqda futbol jurnalisti Shey Lagassi o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, polshalik yulduz faoliyatini Kataloniya poytaxtida davom ettirmoqchi. 35 yoshli futbolchi keyingi mavsumni ham “Barselona”da o‘tkazishni rejalashtirgan. Klub rahbarlari kelasi yozda forvardning transferi bo‘yicha takliflarni qabul qilmoqchi emas.

Bungacha OAV Levandovski yozgi transfer oynasida “Barselona” bilan xayrlashishi mumkinligini yozayotgandi. Hatto uni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Joriy mavsumda Polsha terma jamoasi futbolchisi barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniya chempionatining 15-turi yakunlariga ko‘ra, kataloniyaliklar turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Real”dan 4 ochko ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Robert Levandovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing