Lenin maqbarasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Olam

image

Noma’lum shaxs Rossiyaning Moskva shahridagi Qizil maydonda joylashgan Lenin maqbarasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu haqda “112” Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa kecha, 17 iyul kuni tunda sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs yonuvchi aralashmali shishani ko‘tarib, Qizil maydon tomon borgan. Shundan so‘ng qo‘lidagi Molotov kokteylini maqbara tomon uloqtirgan. Aralashma maqbaraning panjarasiga urilgan, ammo yong‘in sodir bo‘lmagan. Erkak qo‘lga olinishi vaqtida politsiyaga qarshilik ko‘rsatishga uringan. 

Moskva Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan hozircha munosabat bildirmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Vladimir Jirinovskiy Leninning mumiyolangan jasadini sotishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lenin maqbara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing