Lempard uchun afsusdaman – Mourino
Sport
−
26 yanvar 2021
4172Avvalroq, “Chelsi” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard xizmatidan voz kechgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
O‘z vaqtida “Chelsi”da faoliyat olib borgan va Lempard bilan birga ishlagan Mourino ushbu voqea yuzasidan quyidagicha munosabat bildirdi:
“Men uchun hamkasblarimning ishdan ketganini eshitish har doim og‘ir. Frenk esa shunchaki hamkasb emas, balki faoliyatimda muhim rol o‘ynagan insonlardan biridir. Shuning uchun ham u uchun afsusdaman.
Bu voqea bugungi zamonaviy futbolning naqadar beshavqat ekanini ko‘rsatdi. Murabbiyga aylanishing bilanoq bir kuni iste’foga chiqishing mumkinligini tushunishing kerak”, deydi Joze.
Ma’lumot o‘rinda, Joze Mourino 2003-2007 va 201-2015 yillarda “Chelsi”ga murabbiylik qilgan. O‘sha yillarda Frenk Lempard ham “Chelsi” safida so‘p surgun.