Lebedev MDH sammitida kim qatnashmasligini aytdi

Olam

image

De-yure hamon Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tarkibida qolayotgan Moldava oktyabr oyi o‘rtalarida Bishkekda bo‘lib o‘tadigan MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi Sergey Lebedev Minskda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

"Aksariyat davlatlar o‘z ishtirokini tasdiqladi. Moldovaga kelsak, afsus bilan aytishim mumkinki, u Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida, Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etmaydi. Garchi u de-yure Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolari bo‘lib qolsa ham, o‘zini ishtirok etishdan tiymoqda”, deydi Lebedev. 

MDH Bosh kotibining qo‘shimcha qilishicha, hozirda yana kimdirning ishtirok etishdan bosh tortishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

“Hech bo‘lmaganda, hozir bizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadi va biz bunga juda umid qilamiz. Ukraina va Moldovadan tashqari, aksariyat davlatlar ushbu forumlarda ishtirok etadi”, degan Lebedev.

Bildirilishicha, MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yildan Moldova hukumati MDH bilan bir qator kelishuvlardan chiqa boshladi. Mamlakatda to‘rtta kelishuv denonsatsiya qilindi:

  • MDHga a’zo davlatlarning tashqi chegaralarini himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot almashish to‘g‘risida;
  • MDH mamlakatlari tashkilotlari o‘rtasida tovarlarni yetkazib berishning umumiy shartlari to‘g‘risida;
  • tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • "Mir" davlatlararo teleradiokompaniyasining to‘siqsiz faoliyati to‘g‘risida.

Maqola muallifi

Teglar

MDH sammiti Lebedev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing