Lavrov O‘zbekistonga Rossiyaning AQSH bilan aloqalari haqida axborot berdi

Jamiyat

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 23 aprel kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida mamlakat rahbariyatiga Ukraina inqirozini hal qilish uchun AQSH bilan aloqalar haqida axborot berdi. Bu haqda u O‘zbekistonga tashrifi va Samarqandda respublika rahbariyati bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz o‘zbekistonlik do‘stlarimizga [Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha] so‘nggi o‘zgarishlar haqida, jumladan, AQSH bilan aloqalarimiz kontekstida hamda Qo‘shma Shtatlar ukrainaliklar va yevropaliklar bilan hamkorlikda so‘nggi kunlarda ilgari surayotgan g‘oyalar kontekstida batafsil ma’lumot berib boryapmiz”, dedi Lavrov.

Rossiya TIV rahbarining qayd etishicha, urushning asl sabablar muammosi Ukraina atrofidagi vaziyatni hal qilishda asosiy omil bo‘lib qolmoqda.

Shuniningdek, Lavrov AQSHning tariflar bo‘yicha tajribalari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo rivojlanishiga xavf tug‘dirmasligini aytdi.

“O‘ylaymanki, bu holat O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo munosabatlariga ta’sir qilishi mumkin emas. Rossiyaning bunga nima aloqasi bor? Rossiya O‘zbekiston bilan ikki tomonlama kelishuvlar asosida savdo qiladi, O‘zbekistonga AQSHdan tovarlar biz orqali kelmaydi, O‘zbekiston tovarlari ham biz orqali AQSHga ketmaydi. Bu yerda Rossiya-O‘zbekiston savdosi rivojlanishi uchun hech qanday xavf-xatar ko‘rmayapman”, dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kecha, 22 aprel kuni O‘zbekistonga keldi. Sergey Lavrovni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi. Bugun, 23 aprel kuni u Baxtiyor Saidov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya O'zbekiston Ukraina Sergey Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing