Lavrov Turkiyada. U Rossiya eksporti uchun yo‘l qidirmoqda
Olam
−
07 aprel 2023
6347Bugun, 7 aprel kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Anqarada rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan uchrashib, keng ko‘lamli masalalarda muzokara olib bordi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri ushrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Vazirlar bir yildan beri davom etayotgan Ukrainadagi urush mavzusiga to‘xtalib, Qora dengiz g‘alla shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilgan. Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiyaning Ukraina portlaridan don va boshqa tovarlarning xavfsiz o‘tishini ta’minlash bo‘yicha BMT homiylik qilgan kelishuvni uzaytirish tarafdori ekanini ta’kidlagan.
“Biz kelishuvning davom etishiga, nafaqat Rossiya va Ukrainaning don va o‘g‘it eksporti, balki jahon oziq-ovqat inqirozini to‘xtatish uchun ham ahamiyat beramiz. Shuningdek, biz Rossiya g‘allasi va o‘g‘itini eksport qilish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash kerak degan fikrga qo‘shilamiz. G‘alla bo‘yicha kelishuvni yanada uzaytirish uchun muammolarni hal qilish kerak”, degan Chavusho‘g‘li.
Lavrovning aytishicha, ikki bosh diplomat don kelishuvi, Turkiyadagi potensial gaz markazi, Suriya va Ukrainadagi mojarolarni muhokama qilgan. Shuningdek, Turkiya Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imkon qadar tezroq tinchlik shartnomasini tuzish zarur deb hisoblashi qayd etilgan.
Bundan tashqari, vazirlar Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaro yuzasidan ham fikr almashgan.
“Falastinliklar va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish jarayoni, afsuski, ko‘plab voqealar ham falastinliklar, ham isroilliklar tomonidan ko‘rilgan bir tomonlama choralar sababli hozirda o‘ta jiddiy to‘qnashuvlarga aylandi”, degan Lavrov.
LiveBarchasi