Lavrov Samarqandga keldi (video)

Jamiyat

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun, 22 aprel kuni O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Sergey Lavrovni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.

Lavrovning 22-23 aprel kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekistonga safari haqida oldinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, Sergey Lavrov tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan batafsil muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Sergey Lavrov so‘nggi bor O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan 2023 yilning aprelida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining tor va kengaytirilgan shakldagi yig‘ilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgandi. O‘shanda ham yig‘ilish Samarqandda bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Samarqand O'zbekiston Sergey Lavrov Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing