Lavrov Rossiya O‘zbekistonga qancha miqdorda investitsiya kiritganini ochiqladi
Jamiyat
−
16 yanvar 2020
8055Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Tashrifning asosiy tadbirlari, bugun, 16 yanvarda bo‘lib o‘tdi.
Lavrov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi. Vazir, shuningdek, Toshkentdagi MGIMO filiali talabalari bilan ham suhbatlashdi.
“Rossiya O‘zbekiston iqtisodiga 9 milliard dollar ajratdi. Ayni damda O‘zbekiston hududida Rossiya kapitali ishtirokida 2 mingga yaqin korxona ishlamoqda”, dedi Lavrov o‘z chiqishida.
U, shuningdek, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar qanday bosqichda olib borilayotgani haqidagi savolga javob qaytarib, yakuniy qarorni respublika prezidenti va parlamenti qabul qilishini qayd etgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi