Lavrov Rossiya-Ukraina urushi boshlangandan buyon ilk bor Mirziyoyev bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqilgan.

Mintaqadagi vaziyatga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan SHHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv avvalida Tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston yetakchisiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va samimiy tilaklarini yetkazgan.

Keyingi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Qayd etilishicha, o‘zaro savdo hajmi barqaror yuqori sur’at bilan ortib bormoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 32 foizga oshdi. Qo‘shma Loyiha ofisining faoliyati doirasida qariyb 40 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda. Keyingi bir necha yilda O‘zbekistonda Rossiyaning 12 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mintaqaviy, shu jumladan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘onistondagi vaziyatning tinchlik yo‘li bilan hal etilishiga va ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga ko‘makni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, Tashqi ishlar vaziri Van I va Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni ham qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lavrov va Mirziyoev uchrashuvi

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar