Lavrov Raisiy o‘limida AQSHni aybladi

Olam

image

Vashington aviatsiya sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy etilgan mamlakatlarga ataylab zarar yetkazadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi. 

“Amerikaliklar buni inkor etadilar, lekin aslida AQSH sanksiyalar e’lon qilgan boshqa davlatlar Amerika uskunalari, jumladan, aviatsiya uchun ehtiyot qismlarni olmaydilar”, deydi u Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyotining halokatini izohlar ekan.

Uning qayd etishicha, gap transport vositalaridan foydalanadigan oddiy fuqarolarga qasddan zarar yetkazish haqida ketmoqda va ehtiyot qismlar yetkazib berilmasligi oqibatida xavfsizlik darajasi pasayadi. 

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbdan ular qo‘llayotgan sanksiyalar tegishli mamlakatlar rasmiylarining xatti-harakatlarini tuzatishga qaratilgani va oddiy fuqarolar manfaatlariga daxl qilmasligi haqidagi afsunlar oshkora va ochiq yolg‘ondir.  

“Bu G‘arb hamkorlarining hech qanday sohada, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy muzokaralar olib borishga to‘liq ishonchsizligi va qodir emasligini tasdiqlaydi, bu allaqachon hammaga ma’lum va hamma joyda o‘zini namoyon qilmoqda”,  dedi vazir. 

Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, aynan Qo‘shma Shtatlarning bunday xatti-harakati munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi va boshqa idoralar G‘arbdan yetkazib berilgan har qanday qismlarni faol va tezkor tarzda almashtirmoqda.  

“Hozirda Rossiya hududida dvigatellar va jihozlarimizning boshqa barcha qismlarini ishlab chiqarish to‘liq yo‘lga qo‘yilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u.

19 may kuni Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida Eron Prezidenti o‘tirgan vertolyot halokatga uchradi. Unda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Malik Rahmati va Tabriz shahrining imomi Muhammad Ali Ale Hoshem ham bo‘lgan. Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pir Husayn Kolivandning aytishicha,  halokatda vertolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Eron vitse-prezidenti Mohsin Mansuriy prezident va unga hamrohlik qilayotganlarning o‘limi haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eronning amaldagi vitse-prezidenti Muhammad Moxber vaqtinchalik Eron Prezidenti bo‘lishi ma’lum qilingandi. Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Kani esa sobiq tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon vafotidan keyin vaqtinchalik tashqi ishlar vaziri vazifani bajaruvchi etib tayinlandi. Mamlakat parlamenti Ichki ishlar qo‘mitasi raisi Muhammad Solih Jokar Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari kelasi 50 kun ichida bo‘lib o‘tishi kerakligini aytdi. Eron oliy diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Prezident Ibrohim Raisiy va uning hamrohlari vertolyot halokatida vafot etgani munosabati bilan 5 kunlik motam e’lon qildi. Marhumlar bilan vidolashuv marosimi ertaga, 21 may kuni Tabriz shahrida bo‘lib o‘tishi bildirildi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Sergey Lavrov Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made