Lavrov Nyu-Yorkda. U Zelenskiy bilan bir stolda o‘tiradi
Olam
−
20 Sentabr 2023
10285Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya delegatsiyasi boshchiligida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka bordi.
Vazirning samolyoti shimoliy yo‘nalish bo‘yicha Moskvadan AQSHgacha bo‘lgan masofani do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar ustidan 11 soatu 40 daqiqada bosib o‘tgan.
Uni aeroportda Rossiyaning AQSHdagi elchisi Anatoliy Antonov, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya kutib olgan.
19-25 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi bo‘lib o‘tadi. Rossiya TIVning xabari berishicha, Lavrov Bosh Assambleya sessiyasi doirasida 20 ga yaqin ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Amerika diplomatiyasi vakillari yoki Ukraina delegatsiyasi bilan alohida uchrashuv kutilmayapti.
20 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan, unda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etadi. Shu tariqa, u urush boshlanganidan beri birinchi marta Rossiya vakillari bilan bir stolga o‘tiradi.
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining ushbu yig‘ilishiga shubha bilan qaramoqda.