Lavrov Xitoyda. U Siyyarto bilan Falastin-Isroil mojarosini muhokama qiladi
Olam
−
16 Oktabr 2023
3618Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadigan Pekinga tashrif buyurdi.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin forumda ishtirok etish niyatini bildirgan edi. U Pekinda bo‘lishi davomida Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Vengriya diplomatik xizmati rahbari Peter Siyyarto ham Sergey Lavrov bilan uchrashishga tayyorligini bildirgan. Ma’lum qilinishicha, Siyyarto va Lavrov Falastin-Isroil mojarosini muhokama qilishadi.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17-18 oktyabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘lishi ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot o‘rnida, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi 2013 yilda Xitoy raisi Si Szinpin tomonidan ilgar surilgan konsepsiyadir. Ushbu konsepsiya manfaatdor davlatlar ishtirokida xalqaro ko‘p tomonlama savdo va sarmoyaviy loyihalarni kengaytirish hamda Xitoy va xorijiy kapitaldan foydalanishni nazarda tutadi. Unga 150 dan ortiq davlat va 30 dan ortiq xalqaro tashkilotlar qo‘shilgan.
Joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi