Lavrov Blinkenni vazirlar uchrashuviga taklif qildi
Olam
−
20 aprel 2023
7575Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bir qator Tashqi ishlar vazirlarini, jumladan, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenni Rossiya raisligida 24-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Xavfsizlik kengashining vazirlar yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda kecha, 19 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin ma’lum qildi.
Pankinning qayd etishicha, u Lavrov va Blinkenning BMT doirasida uchrashishi yoki uchrashmasligini bilmaydi.
“Vazir tashqi siyosat idoralari, Davlat departamenti va boshqalar rahbarlarini o‘zi raislik qiladigan yig‘ilishlarda qatnashishga taklif qilganini bilaman. Bilmadim qanday javob bo‘ldi, kim keladi, kim kelmaydi. Davlat kotibi kelsa, o‘shanda o‘zaro muloqot bo‘ladimi, bilmayman”, degan vazir o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lavrov va Blinkenning Hindistondagi G20 vazirlar uchrashuvi doirasidagi so‘nggi muloqoti ham epizodik bo‘lib, oldindan rejalashtirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni Nyu Dehlida bo‘lib o‘tgan G20 Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi doirasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov umumiy yig‘ilishlar orasida taxminan 10 daqiqa gaplashgan, biroq hech qanday muzokara yoki uchrashuv o‘tkazilmagandi.
LiveBarchasi