Lavrov AQSHni koinotda qurollanish poygasini kuchaytirishda aybladi

Olam

image

AQSH koinotda qurollanish poygasini faol tarzda olib bormoqda, Pentagon esa orbital zarbali qurollarni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Masalan, Qo‘shma Shtatlar, o‘zlari ta’kidlaganidek, bizni koinotni o‘zlashtirish uchun universal me’yorlarini ishlab chiqishga undamoqda. Lekin shu bilan birga, ko‘p yillar davomida Rossiya va Xitoyning kosmik makonda qurollanishni cheklash bo‘yicha kelishuviga e’tibor ham bermay keladi. Shunchaki e’tiborsiz qoldirmoqda”, deydi Rossiya TIV rahbari. 

Vazirning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning o‘zi ushbu qurollanish poygasini faol tarzda rivojlantirmoqda.

“2020 yilda ular kosmik qo‘mondonlikni yaratdilar, koinot strategiyasini qabul qildilar, bu strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri – kosmosda keng qamrovli harbiy ustunlikni yaratishdan iborat.

Lavrovning qo‘shimcha qilishicha, rasmiy Vashington bu haqda hech kimni ogohlantirmagan.

“Bu strategiyani amalga oshirish uchun Pentagon hech kimga xabar bermasdan, orbitada jangovar qurollarni sinovdan o‘tkazmoqda, jumladan, orbitaga raketaga qarshi mudofaa tizimini olib chiqqan”, deya ta’kidladi Lavrov.

Vazir Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ushbu vaziyatga bir necha bor izoh berganini eslab, “bu biror bir davlatning zarba qurollari doimiy ravishda boshing uzra turadigan xavfsizlik sohasidagi butunlay boshqacha vaziyat bo‘lishini ta’kidladi”.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Lavrov

Baholaganlar

151

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing