Lavrov AQSH vizasiga umid qilyapti

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Birlashgan Millatlar Bosh kotibi Antoniu Guterrish barcha delegatsiyalarning jahon tashkiloti Bosh Assambleyasida ishtirok etishini ta’minlash majburiyatiga ega. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Moskva. Kreml. Putin” dasturiga bergan intervyusida so‘z ochgan. Intervyudan bir parcha bugun, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi saytida chop etildi. 

"Hali vaqt bor. Men hamkasblarimdan AQSHga bu haqda boshqa eslatmaslikni so‘radim. Amerikaliklarning o‘z majburiyatlari bor, BMT Bosh kotibi tashkilot tadbirlarida, jumladan, Bosh Assambleyada barcha delegatsiyalarning ishtirokini ta’minlashga majbur. Ko‘ramiz”, deydi vazir, unga “Sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun viza berilganmi?”, degan savolga javob berarkan. 

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sharqiy iqtisodiy forum doirasida TASS agentligiga bergan intervyusida Amerika tomoni BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligida ishtirok etishi uchun Lavrovga viza berish masalasiga hali javob bermaganini aytgandi.  

20 sentyabrda an’anaviy ravishda davlat rahbarlari va vazirlar ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi boshlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining dastlabki dasturiga ko‘ra, rossiyalik vazirning nutqi 24 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy o‘rtalarida Rossiyaning AQSHdagi elchixonasi Oq uy va Davlat departamentidan mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya delegatsiyasining barcha a’zolariga sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida qatnashish uchun viza berishni talab qilgan edi. 

Ma’lumot uchun, 25 fevral kuni AQSH Lavrovga qarshi sanksiyalar kiritgan. Rossiya TIV rahbari AQSHga kirishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

viza Sergey Lavrov

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing